Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SAMARQAND TOPONIMLARINING ELEKTRON KORPUSDAGI KO‘RINISHI

Samarkand, toponym, electronic corpus, frequency of use of place names,

Authors

Ushbu maqolada Samarqand viloyati toponimlarining elektron korpusdagi ko‘rinishi, joy nomlarining qo‘llanish chastotasi, semantik, leksik tahlili hamda mazkur toponimlarning geografik jihatdan joylashuvi, E.M. Murzayev, V.A. Juchkevich, A.V. Superanskaya, V.A. Nikonov va boshqa bir qator chet ellik olimlarning ilmiy izlanishlari, tajribalari asosida o‘rganilganligi, ularning o‘rganilishi uzoq yillik mehnat va tajribalarning mahsuli bo‘lib, mana shular natijasida joy nomlariga turli xil yondashuvlar va nazariyalar paydo bo‘lishiga olib kelganligi, toponimlarni tasniflash dolzarb masalalardan biri ekanligi, ularning elektron korpusi foydalanuvchilarga qulayliklar olib kelishi haqida atroflicha fikr yuritilgan. Jumladan, Samarqand toponimlarining elektron korpusdagi ko‘rinishlari ularning leksik-semantik, fonetik, morfologik, etimologik, sintaktik tomonlarini tez va oson aniqlash imkonini berishi haqida aytilgan.