Tabiiy fanlar

DALVARZINTEPA YODGORLIGIDA MAGNITOMETRIYA VA GEORADAR TADQIQOTLARI (O‘ZBEK TILIDA)

Arxeogeofizika, magnitometriya, georadar, Dalvarzintepa, yer osti anomaliyalari, planigrafiya, noinvaziv tadqiqot, arxitektura qoldiqlari

Mualliflar

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatida joylashgan Dalvarzintepa arxeologik yodgorligida olib borilgan magnitometriya va
georadar tadqiqotlari natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi yer ostida saqlanib qolgan arxitektura elementlarini
qazish ishlarisiz aniqlash hamda yodgorlikning ichki planigrafik tuzilishini geofizik ma’lumotlar asosida baholashdan iborat. Dala
ishlari davomida magnit maydon intensivligidagi lokal o‘zgarishlar qayd etilib, ularning fazoviy tarqalishi xaritalashtirildi.
Georadar usuli yordamida esa 0,5–2,5 metr chuqurlik oralig‘ida joylashgan qatlamlararo chegaralar va strukturaviy buzilish
zonalari aniqlashtirildi. Olingan natijalar magnit va radar ma’lumotlarining o‘zaro mosligini ko‘rsatib, aniqlangan anomaliyalar
ehtimoliy devor qoldiqlari va inshoot elementlariga tegishli ekanini tasdiqlaydi. Kompleks yondashuv Dalvarzintepa hududida
qadimiy shahar tuzilmasini rekonstruksiya qilish, qazish ishlarini maqsadli rejalashtirish hamda arxeologik obyektni saqlash
choralarini belgilash uchun ilmiy asos yaratadi