Tabiiy fanlar

TREPONEMA PALLIDUM ANTITELALARINI ERTA ANIQLASHDA IMMUNOFERMENT TAHLIL USULIDAN FOYDALANISH

immunoferment tahlil (IFT), antitela, virus, sifilis, JSST.

Mualliflar

Treponema pallidum bakteriyasi keltirib chiqaradigan sifilis infeksiyasi asosan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan antroponotik kasallikdir. Mazkur infeksiya shuningdek vertikal yo‘l orqali yuqishi ham mumkin, bunda infeksiyalangan onadan homilaga yuqishi natijasida tug‘ma sifilisga olib keladi. Shuningdek donor qonini quyish orqali ham yuqishi mumkin. Sifilisning xarakterli xususiyati bo‘lib uning turli organ tizimlariga bosqichma-bosqich zarar yetkazishi va jiddiy asoratlarni rivojlanishiga sababchi bo‘lishidir. Dunyoda sifilis bilan kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda sifilis bilan kasallangan 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan kattalar soni 7,1 millionga yetdi. Sifilitik infeksiyani samarali aniqlash laboratoriya tekshiruvlari natijalariga, ayniqsa immunoferment usullariga bog‘liq bo‘lib, bu qonda patogen antigenlarga xos bo‘lgan antitelalarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu maqolada Treponema pallidumga antitelalarini orlarni erta aniqlashga qaratilgan immunoferment usullarini ishlab chiqish muhokama qilinadi. Bu esa kasallikning tarqalishini nazorat qilish va unga qarshi kurashish uchun muhimdir.