Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JAMOATCHILIK BILAN ALOQALARNI SAMARALI OLIB BORISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH MASALALARI

Sun’iy intellekt, PR, media kommunikatsiya, kontent yaratish, auditoriya tahlili, PR strategiyasi, media monitoring, PR tadbirlari, inqiroz kommunikatsiyasi, raqamli PR.

Mualliflar

  • Beruniy ALIMOV, Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada jamoatchilik bilan aloqalar (PR) faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Unda SI vositalarining PR strategiyasi, media bilan ishlash, kontent yaratish, auditoriya tahlili, PR tadbirlarini rejalashtirish va inqirozli kommunikatsiyada qo‘llanishi misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va xorij tajribasi solishtirilib, PR sohasida sun’iy intellektning strategik resurs sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi