Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KARL GEYNSENNING “QOTILLIK” ESSESI YOХUD ZAMONAVIY TERRORIZM KONSEPSIYASI

terrorizm, Karl Geynsen, qotillik, siyosiy zo‘ravonlik, tiranotsid, degumanizatsiya, radikallashuv, mafkura.

Mualliflar

Mazkur maqolada terrorizmning mafkuraviy va axloqiy ildizlari XIX asr radikal siyosiy tafakkuriga borib taqalishi ilmiy jihatdan
asoslab beriladi. Tadqiqotda nemis inqilobchi mutafakkiri Karl Geynsenning “Qotillik” (“Qotillik va ozodlik”) asari zamonaviy
terrorizm konsepsiyasining ilk nazariy namunasi sifatida falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada muallif tomonidan
zo‘ravonlikning radikallashuv evolyutsiyasi zulmdan tiranotsidga, degumanizatsiya va qo‘rqitishdan terrorizmgacha bo‘lgan
mantiqiy zanjir sifatida ochib beriladi.