FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTINING IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITGA TA’SIRI

Fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy muhit, ma’naviy qadriyat, globallashuv, texnologik innovatsiya, axborot almashinuvi, madaniy xilma-xillik, individualizm, internet, virtual hamjamiyat, milliy an’ana.

Authors

  • Nozimjon ALIYEV Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Mazkur maqolada fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiy-ma’naviy muhitga ta’siri turli jihatlari bilan tahlil qilinadi. Avvalo, jamiyat
hayotining barcha sohalariga kirib kelayotgan texnologik yangiliklar natijasida odamlar o‘rtasidagi muloqot, mehnat taqsimoti hamda
axborot almashinuvi tobora o‘zgarib borayotgani ta’kidlanadi. Kompyuterlashtirish, internet tarmog‘ining rivojlanishi va turli
innovatsion dasturlar hayotimizni osonlashtirish bilan birga, ayrim ma’naviy qadriyatlar va ijtimoiy aloqalar shakliga ham yangicha tus
bermoqda. Shu bilan birga, texnika taraqqiyoti ijtimoiy muhitda individualizm, ma’lumotlarning haddan tashqari ko‘pligi va tezkor
axborot yetkazish kabi jarayonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Natijada odamlar o‘rtasida do‘stona muloqotning kamayishi yoki
shaxsning atrof-muhitdan uzoqlashishi kabi muammolar vujudga kelishi ehtimoli kuchayadi. Biroq, bu jarayon faqat salbiy oqibatlar
bilangina cheklanmasligi lozim. Zero, rivojlangan texnologiyalar tibbiyot, ta’lim, ilm-fan, madaniyat kabi ko‘plab sohalarda katta
ilgarilashlarni ta’minlashi, inson kapitalini boyitishga xizmat qilishi mumkin.