AQSHNING AFG‘ONISTONDAGI SIYOSATI: POST-2021 YIL O‘ZGARISHLARI VA ISTIQBOLLARGA DOIR

Afg‘oniston, Tolibon Hukumati (Amirligi), 2021 yildan keyingi vaziyat, Markaziy Osiyo, global kuchlar muvozanati, Milliy tiklanish va islohotlar, O‘zbekiston pozitsiyasi, mintaqaviy barqarorlik.

Authors

  • Sherzod ZIYOYEV Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil izlanuvchisi, Uzbekistan

Mazkur ishda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Markaziy Osiyo, xususan Afg‘oniston masalasida 2021 yildan keyingi siyosati va strategik munosabatining asosiy omillari tahlili keltiriladi. Muallif muammoga ham mintaqa, ham global geosiyosiy o‘zgarishlardan kelib chiqib yondashishga harakat qiladi. Ishda taʼkidlanishicha, Afg‘onistonda 2021 yil yoz oylaridan boshlab, Tolibonning yana hokimiyatga qaytishi mamlakatdagi ichki siyosiy kurashning natijasi va bu halqaro voqelik bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Muallif Afg‘onistonning 2021 yildan keyingi istiqbollari to‘g‘risida turli ekspertlar, jamoatchilik vakillarining fikrlarini qiyosiy tahlil qilish bilan bir qatorda, o‘zining qarashlarini ham ilgari suradi.