"INFORMATIKA FANINI O‘QITISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI"

Informatika ta’limi, o‘qitish metodikasi, interaktiv usullar, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya, ta’lim texnologiyalari, umumiy o‘rta ta’lim, xalqaro tajribalar, innovatsiya, raqamli vositalar.

Authors

Maqola umumta’lim maktablarida informatika fanini o‘qitishning zamonaviy metodik yondashuvlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, innovatsion metodlar va ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda interaktiv o‘qitish usullari, loyiha asosida o‘qitish, gamifikatsiya hamda raqamli vositalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish usullari yoritilgan. Xalqaro tajribalar, jumladan, Finlyandiya va Janubiy Koreya ta’lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlar tahlil qilinib, ularni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Eksperimental tadqiqot natijalari bu yondashuvlarning o‘quvchilarning motivatsiyasi, tanqidiy fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Maqolada o‘qituvchilarning malakasini oshirish va texnologik infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha zarur choralar taklif etilgan. Mazkur tadqiqot natijalari informatika fanini o‘qitish sifatini oshirish va uni xalqaro ta’lim standartlariga moslashtirish uchun ilmiy asos yaratadi.