VIRTUAL KOMMUNIKATIV MAKONNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

virtual muloqot, virtual reallik, kommunikativ makon, interaktivlik, gipermatnlilik.

Authors

Maqola virtual muloqot va uning xususiyatlarini, shuningdek, virtual reallik tushunchasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda kommunikatsiyaning yangi shakllari, ayniqsa, internet va kompyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual makon orqali amalga oshirilayotgan o‘zaro aloqalar tahlil qilinadi. Virtual muloqotning o‘ziga xos jihatlari, masalan, axborotning subyektivligi, gipermatnlilik, globallik, anonimlik va kreativlik kabilar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, virtual kommunikatsiyaning zamonaviy jamiyatga ta'siri va uning o‘zgarayotgan madaniyatlar bilan bog‘liqligi haqida mulohazalar yuritiladi.