GLOBAL AXBOROT MUHITI VA OMMAVIY MADANIYAT TA’SIRIDA AXLOQIY INQIROZNING OLDINI OLISH MASALALARI

Global axborot muhiti, ommaviy madaniyat, axloqiy inqiroz, ma’naviy immunitet, globallashuv, axborot xavfsizligi, axloqiy mezon, yoshlar tarbiyasi, media-tahlil

Authors

Ushbu maqolada global axborot muhiti va ommaviy madaniyat jarayonlarining ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.
Globallashuv davrida internet, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalarining umumjahon maydonida ta’siri kengaygani sari,
axloqiy inqiroz xavfi ham ortib bormoqda. Maqolada, avvalo, global axborot oqimining son jihatdan o‘sishi bilan birga, uning
mazmunan ham keskin o‘zgarishi nimalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy-nazariy asosda yoritiladi