TEXNOLOGIYA DARSIDA RAQAMLI VOSITALARDAN SAMARALI FOYDALANISH

Raqamli vositalar,texnologiya fan, interaktiv darslar, innovatsion yondashuv, amaliy ko‘nikmalar, 3D modellashtirish, robototexnika, o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, global ta'lim, onlayn platformalar, innovatsion texnologiyalar, simulyatsiya lar, ta'limda samaradorlik.

Authors

Mazkur maqolada raqamli vositalardan texnologiya darslarida samarali foydalanish masalasi o‘rganiladi. Texnologiyaning rivojlanishi
bilan birga, ta'lim sohasida raqamli vositalarning ahamiyati ortib bormoqda. Bu vositalar o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yanada
interaktiv va samarali qiladi, shuningdek, ularning ijodkorlik va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada
raqamli vositalarning texnologiya darslarida qo‘llanishi, ularning o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi o‘rni,
shuningdek, ta'lim jarayonini shaxsiylashtirish va global ta'lim imkoniyatlarini yaratishdagi afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Raqamli
vositalar yordamida darslarni individual ehtiyojlarga moslashtirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni
rivojlantirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ham berilgan. Maqola texnologiya fanidagi
ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda raqamli vositalarning rolini o‘rganishga qaratilgan