O‘ZBEK O‘SMIR BOLALARI LEKSIKONI: NUTQIY INNOVATSIYALAR VA ULARNING QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI

o‘smir, og‘zaki nutq, leksika, sleng, ishlatilish maqsadi

Authors

Tilning leksik qatlamida nutqiy innovatsiyalar boshqa qatlamlarga nisbatan yorqinroq namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, o‘smirlar nutqi boshqa ijtimoiy qatlam vakillari nutqidan aynan leksikasi bilan farqlanadi. Tadqiqotda Qarshi va Toshkent shaharlarida tahsil olayotgan 82 ta o‘smir yoshidagi bolalar ishtirok etishib, ularning nutqini kuzatish, so‘rovnoma o‘tkazish, savol-savob qilish orqali material to‘plandi. To‘plangan material tahlili natijalariga ko‘ra o‘smirlar nutqida yangi yasalmalardan ko‘ra rus va ingliz tillaridan so‘z o‘zlashtirish holati ko‘proqligi hamda mazkur birliklardan, asosan, so‘zlashuvni qiziqroq qilish va muloqotni tezlatish uchun foydalanishi aniqlandi.