FALSAFA VA HUQUQ ijtimoiy - siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy - huquqiy jurnal

Mualliflar

«Falsafa va huquq» ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy,  falsafiy – huquqiy jurnali

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2012 yil 29 dekabrda 02-35 guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. ISSN ro‘yhatga olish raqami ISSN 2181-7294.

 “Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali respublikada shu sohalarga oid nufuzli nashrlardan biridir. Jurnal mamlakatimizdagi sohaning yirik mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar, jumladan 09.00.00 – falsafiy fanlar, 12.00.00 – yuridik fanlar, 22.00.00 – sosiologiya fanlari, 24.00.00 – islomshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini boruvchilar uchun mo‘ljallangan.

“Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnalining nashr bosma tabog‘i A-4 formatda, 150-250 bet, 500-2000 nusxada, har yilda to‘rt marta (jurnal davriyligi va hajmi talab, ehtiyojga qarab o‘zgarishi mumkin) chop etilishi mo‘ljallangan.

“Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali OAK jurnallari ro‘yhatiga kiruvchi jurnal sifatida OAK Rayosatining 2013 yil 30 dekabrdagi 201/3-son qarori bilan tasdiqlangan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Falsafa va huquq” ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, falsafiy – huquqiy jurnali O‘zbekiston Respublikasida va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’rifiy yangiliklar, voqea-hodisalarni falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilish asosida keng yoritish, falsafa va huquqning dolzarb muammolari va ustuvor vazifalariga doir tahliliy, mulohazali chiqishlar qilish, jamoatchilik diqqat markazidagi dolzarb masalalarni chop etishga mo‘ljallangan.