HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHNING NAZARIY ASOSLARI VA KONSEPSIYALARI
Annotasiya
Mazkur maqolada hududiy iqtisodiy rivojlanishning nazariy-metodologik asoslari hamda uning zamonaviy konseptual yondashuvlari tizimli ravishda tahlil etiladi. Tadqiqotda hududiy rivojlanish nazariyalarining evolyutsion bosqichlari ochib berilib, klassik joylashuv nazariyasi asoschilari qarashlari ilmiy jihatdan umumlashtiriladi. Maqolada hududlararo iqtisodiy tafovutlarning shakllanish omillari, ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi, transport-logistika infratuzilmasi, institutsional muhit va innovatsion salohiyatning mintaqaviy rivojlanishga taʼsiri kompleks yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, barqaror va inklyuziv hududiy rivojlanish, klasterlashuv jarayonlari hamda raqobatbardosh hududlarni shakllantirish mexanizmlarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirish, mintaqalararo nomutanosibliklarni qisqartirish va uzoq muddatli barqaror oʻsishni taʼminlashga xizmat qiladi.
Manbalar
1. Yakubov I.O., Islomov A.A., Sunnatov M.N. Mintaqaviy iqtisodiyot: Darslik. T.:2019.-19 b.
2. G.M.Shadieva, T.S.Sharipov, Sh.A.Sultonov, Z.S.Artikov, L.U.Maxmudov, A.P.Xazratov, D.S.Musinov. Mintaqaviy iqtisodiyot. darslik Samarqand.: «FAN BULOG‘I» nashriyoti, 2023 -12 bet.
3. Alfred Weber (1909) Über den Standort der Industrie (Theory of the Location of Industries).
4. Valiev B.B. O‘zbekistonda hududlar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda investisiya salohiyatini oshirishning strategik yo‘nalishlari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya. Toshkent 2020 yil.
5. Granberg A. G. Основы регионалной экономики. — M.: GU VSHE, 2000. — S. 63-66. — 495 s. — ISBN 5- 7598-0074-4.
6. A.M.Kadirov, M.T.Askarova, A.T.Axmediyeva, Mintaqaviy rivojlanish strategiyasi. Darslik –T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» – 2021, 161 bet.



