Tabiiy fanlar

POLIOLEFINLAR VA BA’ZI METALL DITIOKARBAMATLAR ASOSIDA POLIMER MATERIALLARNI OLISH TEXNOLOGIYASINI YARATISH

polietilen, dietilditiokarbamat, metall kompleks, modifikatsiya, mexanik mustahkamlash.

Mualliflar

  • Asadullo OCHILOV Katta o‘qituvchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Uzbekistan
  • Panji TOJIYEV Professor, Termiz davlat universiteti, Uzbekistan
  • Baxodir SHAMAYEV Dotsent, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Uzbekistan
  • O‘ktam BERDIYAROV Katta o‘qituvchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Uzbekistan
  • Husan ZIKIROV Katta o‘qituvchi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda polietilen asosidagi polimer materiallarni mis(II) va rux(II) dietilditiokarbamat komplekslari (Cu(DDTC)₂ va
Zn(DDTC)₂) yordamida modifikatsiyalash texnologiyasi ishlab chiqildi. Metall komplekslar suvli muhitda natriy
dietilditiokarbamat va mos ravishda mis hamda rux sulfatlarining o‘zaro ta’siri orqali sintez qilindi. Olingan komplekslar eritilgan
polietilen matritsasiga kiritilib, ekstruziya va inyeksion quyish usullari orqali kompozit namunalar tayyorlandi. Mexanik sinovlar
natijasida modul uziluvchanlik va maksimal kuchlanish ko‘rsatkichlari sezilarli oshgani aniqlandi. Zn(DDTC)₂ qo‘shilgan
namunada modul 26,7 % ga, Cu(DDTC)₂ qo‘shilganda esa maksimal kuchlanish 48,9 % ga oshdi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##