Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MUHANDISLIK TA’LIMIDA VIRTUAL SIMULYATSIYA TIZIMLARINING ERGONOMIK VA PEDAGOGIK SAMARADORLIGI

virtual simulyatsiya, ergonomika, muhandislik ta’limi, kompyuter tarmoqlari, virtual laboratoriya, pedagogik samaradorlik, interaktiv ta’lim, kognitiv faollik

Mualliflar

  • Safibullo ABDULLAYEV DSc, professor, Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Dilfuza YO‘LDOSHEVA Tayanch doktorant, Namangan dalat texnika universiteti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada muhandislik ta’limida virtual simulyatsiya tizimlarining ergonomik va pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi.
Virtual laboratoriyalar, tarmoq simulyatorlari va interaktiv trening muhitlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar
bilan integratsiyalash imkonini beradi. Tadqiqotda ergonomik yondashuv asosida virtual simulyatsiya tizimlarining o‘quv
jarayoniga ta’siri, talabalarning kognitiv faolligi, amaliy kompetensiyalari va o‘quv samaradorligi eksperimental baholandi.
Natijalar virtual simulyatsiya muhitidan foydalanish an’anaviy o‘qitish metodlariga nisbatan bilim darajasi, topshiriqlarni bajarish
tezligi va motivatsiyani oshirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, ergonomik interfeysning talabalarning psixofiziologik holatiga ijobiy
ta’siri aniqlandi