YOSHLARNI ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISH JARAYONIDA FAOLLIGINI KUCHAYTIRISH IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada yoshlarni islohotlarni amalga oshirish jarayoniga faol jalb etishning nazariy va amaliy jihatlari ijtimoiy-falsafiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Asosiy maqsad yoshlar faolligini kuchaytiruvchi omillarni aniqlash hamda ularning islohotlar samaradorligini taʼminlashdagi oʻrnini asoslashdan iborat. Ishda tizimli yondashuv hamda ijtimoiy-falsafiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijada yoshlar faolligini belgilovchi asosiy omillar siyosiy-huquqiy madaniyat, institutsional imkoniyatlar, iqtisodiy mustaqillik va fuqarolik masʼuliyati ajratib koʻrsatildi. Shuningdek, siyosiy savodxonlikni rivojlantirish, yoshlar parlamenti va maslahat organlari faoliyatini takomillashtirish, grant-startap dasturlarini kengaytirish hamda raqamli ishtirok platformalaridan foydalanish muhim amaliy mexanizmlar sifatida asoslandi. Yakunda yoshlar faolligini oshirish davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili boʻlib, ularning islohotlardagi faol ishtiroki demokratik boshqaruv samaradorligi hamda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.
1. Отамуратов, С. (2021). Янгиланаётган Ўзбекистон ижтимоий-инновацион жараёнларида ёшлар фаолияти. Тошкент: Фан ва технологиялар. B.100
2. Murtazo Qarshiboyev Ezgulik va ma’naviyat. T.: “Ma’naviyat”, 2009.8-b.
3. Park, M. K. (2023). Promoting Youth Participation in Decision-Making and Public Service Delivery through Harnessing Digital Technologies (UN DESA Policy Brief No. 149). New York, NY: United Nations Department of Economic and Social Affairs.
4. Inglehart, R., & Welzel, C. (2021). Modernization, Cultural Change, and Democracy: The Human Development Sequence (Updated ed.). Cambridge: Cambridge University Press.
Copyright (c) 2026 «ACTA NUUz»

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International License.




.jpg)

1.png)




