FEʼL KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK SINONIMLAR VA ULARNING STRUKTURAL XUSUSIYATLARI

frazeologiya, frazeologik sinonimiya, asosiy komponent, sinonimik qator, sinonimlar guruhi, frazeologik birlik, frazeologik birikma, ibora.

Mualliflar

Har bir til o‘zining boy sinonimik vositalariga ega bo‘lib, lug‘aviy, grammatik, frazeologik va leksik-frazeologik sinonimlar tilning bebaho boyligi sanaladi. Bu boylikdan o‘rinli va maqsadga muvofiq holda foydalanish nutqning ta’sirchan va ifodali bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham shoir va yozuvchilar, mashhur so‘z ustalari tilning sinonimik boyligidan o‘rinli foydalanishga alohida e’tibor berib kelganlar. Tilshunoslikda frazeologik birliklarning semantik xususiyatlarini o‘rganish orqali ularda frazeologik polisemiya, frazeologik sinonimiya, frazeologik antonimiya, frazeologik omonimiya va paronimiya hodisalari borligi aniqlangan. Ushbu maqolada nemis tilidagi fe’l komponentli frazeologik sinonimlarning struktural xususiyatlari haqida
so‘z yuritiladi