HARAKAT TARZI SHAKLLARI TADQIQIGA DIAXRON YONDASHUV

aspekt, tarz, harakat tarzi shakli, ko‘makchi fe’l, jarayon, qobiliyat

Authors

Mazkur maqola o‘zbek tilshunosligida alohida o‘rin tutgan harakat tarzi shakllarini o‘rganilish tarixiga bag‘ishlangan. Maqolada yoritilgan ushbu til hodisasi uzoq yillar mobaynida slavyan tillari, ayniqsa, rus tili, aspekt kategoriyasi tadqiqiga doir ishlarning qiyosiy obyekti bo‘lgan. Zotan, vaqt o‘tishi bilan, turkiy tillarda aspektual ma’nolar ifodalanishi slavyan tillaridan tubdan farq qilishi o‘z isbotini topdi. Xususan, o‘zbek tilida harakat tarzi shakli analitik formasi tadqiqi aspektologiya rivoji uchun muhim o‘rin egallashini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu maqola yuqorida ta’kidlangan harakat tarzi shakllarining tarixiy rivojlanishidan tortib, to hozirgi kungacha mavjud munozarali fikr-mulohazalarni tahlil qilishga qaratilgan.