JADIDCHILIK NAMOYONDALARINING MILLAT MUSTAQILLIGI YO‘LIDA HARAKATLARI

Jadidchilik, rus-tuzem maktablari, an’anaviy madrasalar, ta’lim islohotlari, matbuot, kutubxona, teatr, inqilobiy harakat, Buxoro jadidlari, siyosiy transformatsiya, mustamlaka siyosati, milliy g‘oya, vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, diniy mutaassiblik

Authors

Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimining rivojlanishi, rus-tuzem maktablari, jadidchilik harakati va uning
jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Jadid maktablarining tashkil etilishi, ularning ta’lim dasturlari va jamiyat taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.
Shuningdek, jadidlarning matbuot, kutubxona, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlari, ularning mustamlaka
ma’muriyatiga nisbatan munosabati ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda Buxoro jadidlari, ularning siyosiy va ijtimoiy qarashlari, amalga
oshirgan islohotlari, shuningdek, jadidchilik harakatining inqirozi va sabablari ham tahlil qilinadi.