Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SHARQ VA GʻARB DAVLATLARI DIPLOMATIK MUZOKARALARINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Diplomatiya, muzokaralar, Sharq diplomatiyasi, G‘arb diplomatiyasi, qaror qabul qilish, strategiya, mojarolarni hal etish, xalqaro munosabatlar

Authors

Ushbu maqola Sharq va Gʻarb mamlakatlaridagi diplomatik muzokaralarning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi. Unda diplomatik muzokaralar tushunchasiga nazariy ta’rif berilib, turli davlatlarning muzokara olib borish yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada har ikki mintaqadagi muzokara uslublariga ta’sir qiluvchi turli omillar ko‘rib chiqiladi. Gʻarb diplomatiyasi ko‘pincha bevosita muloqot, shaxsiy tashabbus va huquqiy asoslarga tayanishga eʼtibor bersa, Sharq diplomatiyasi bilvosita muloqot, jamoaviy qadriyatlar va uzoq muddatli munosabatlarga asoslanadi.