Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ TILIDAGI MUQOBILSIZ LEKSIKAGA OID SO‘ZLARNI O‘RGANISHDAGI MUAMMOLAR

Non-equivalent vocabulary; English language; translation strategies; linguocultural studies; didactics; semantic ambiguity; cultural differences; interactive methods; contextual teaching; Uzbek linguistics.

Authors

Versions

Mazkur maqolada ingliz tilidagi muqobilsiz leksik birliklarni o‘zbek tilida o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda deskriptiv, lingvokulturologik, solishtirma, didaktik va empirik metodlar qo‘llanilgan. Muqobilsiz leksik birliklarning semantik noaniqligi, madaniy tafovutlar, tarjima strategiyalarining yetishmasligi va metodik materiallardagi cheklovlar asosiy muammolar sifatida aniqlangan. Shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar bilan olib borilgan so‘rovnomalar asosida muqobilsiz leksikani o‘rgatishda kontekstual ta’lim modelining samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari ingliz tilidagi muqobilsiz leksik birliklarni o‘rgatishda madaniy komponentga asoslangan interfaol metodlarning ahamiyatini ta’kidlaydi.