Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FOLKLOR VA YOZMA ADABIYOTDA QAHRAMONLIK MOTIVI PAYDO BO‘LISHINING HAYOTIY ASOSLARI

Folklor, xalq og‘zaki ijodi, doston, qahramonlik motivi, romanik doston, tarixiy doston, “Alpomish”, ideal qahramon, milliy qadriyat, adabiy til.

Mualliflar

  • Sohila AMINOVA CHDPU Lingvistika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqolada folklor va yozma adabiyotda qahramonlik motivining shakllanishiga sabab bo‘lgan hayotiy asoslar tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodining asosiy janrlaridan biri bo‘lgan dostonlar mazmun va shakl jihatidan keng yoritilib, ularning xalq dunyoqarashi, axloqiy qarashlari va ijtimoiy hayotdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, o‘zbek xalq dostonlari bilan jahon mumtoz adabiyotidagi dostonlar qiyosiy jihatdan o‘rganilib, qahramonlik, romanik va tarixiy dostonlarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. “Alpomish” dostoni misolida ideal qahramon obrazining ramziy ma’nosi hamda xalq orzusidagi donolik va mardlik timsoli tahlil etilgan. Maqolada folklorning adabiy tilni boyitishdagi o‘rni ham ilmiy asosda yoritiladi.