Tabiiy fanlar

GIDROTERMAL USULDA SINTEZ QILINGAN BIVO₄ NAMUNALARINING SPEKTROSKOPIK TAHLILI

Bismut vanadat (BiVO₄), Gidrotermal sintez, Kristallik darajasi, IR va Raman spektrlari, Fotokataliz.

Mualliflar

  • Ayapbergen SHIKNAZAROV, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tayanch doktоranti, Uzbekistan
  • Shukur G‘OFUROV, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Xusnida BOLTAYEVA, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Uzbekistan
  • Gulnara CHIMBERGENOVA, O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, Uzbekistan
  • Zuxra KADIROVA, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Uzbekistan
  • Oksana ISMAILOVA O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi Toshkent Turin politexnika universiteti proffesori Toshkent Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya instituti professor, Uzbekistan

Ushbu maqolada gidrotermal usulda haroratni o‘zgartirish orqali sintez qilingan BiVO₄ (vismut vanadat) namunalarining kristallik darajasi va fazaviy holati Fourier-o‘zgaruvchan infraqizil (FTIR) va Raman spektroskopiyasi yordamida o‘rganildi. FTIR spektrlari 400–4000 sm⁻¹ diapazonida tahlil qilinib, VO₄³⁻ guruhlariga tegishli asosiy vibratsion cho‘qqilar aniqlangan. Raman tahlili esa sintez qilingan namunalarda monoklinik fazaning mavjudligini isbotladi. Harorat oshishi bilan kristallik oshgani va spektral cho‘qqilarning intensivligi ortgani kuzatildi. Olingan natijalar BiVO₄ ning fotokatalitik faolligini boshqarish uchun kristall fazasini nazorat qilish muhimligini ko‘rsatadi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##