Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEK VA RUS TILLARIDAGI NEOLOGIZMLARNING MORFOLOGIK MODELLARI

Neologizm, morfologik model, affiksatsiya, kompozitsiya, konversiya, abbreviatsiya, o‘zlashma, o‘zbek tili, rus tili, qiyosiy tilshunoslik.

Mualliflar

Ushbu maqolada o‘zbek va rus tillarida neologizmlarning morfologik shakllanish jarayoni qiyosiy tahlil qilinadi. Globallashuv,
raqamli texnologiyalar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar ta’sirida har ikki tilda yuzaga kelayotgan yangi leksik birliklarning yasalish
mexanizmlari – affiksatsiya, kompozitsiya, konversiya, abbreviatsiya va o‘zlashmalarning morfologik moslashuvi asosida
izohlanadi. O‘zbek tilining agglutinativ, rus tilining esa flektiv tizimi asosida yangi so‘zlar hosil qilishning o‘xshash va farqli
jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ikki tilning neologik jarayoni morfologik modellar orqali qanday rivojlanayotganini va
zamonaviy lingvistik tendensiyalarni aniqlashga xizmat qiladi.