Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TEMURIYLAR DAVRI MANBALARIDA AMIRZODA SULTON HUSAYN ZIKRI

Amirzoda Sulton Husayn, Temuriylar davri, Zafarnoma, Matlai sa’dayn, Amir Temur, siyosiy kurashlar.

Mualliflar

Mazkur maqolada Temuriylar davri tarixini yorituvchi asosiy yozma manbalar – Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” va
Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asarlari asosida Amir Temurning nabirasi Amirzoda Sulton
Husayn Mirzoning hayoti va harbiy-siyosiy faoliyati tahlil qilinadi. Unda Sulton Husaynning Temuriylar davlatidagi o‘rni, harbiy
yurishlardagi ishtiroki, bobosiga nisbatan qilgan xiyonati, keyinchalik ishonchni qayta tiklashi hamda Temur vafotidan so‘ng yuz
bergan siyosiy kurashlardagi roli yoritilgan. Shuningdek, uning fojiali taqdiri va qatl etilish sabablari tarixiy manbalar asosida
ochib berilgan.