Tabiiy fanlar

“HAVFLI TABIIY JARAYONLAR VA O‘ZBEKISTON HUDUDINING ZAMONAVIY GEODINAMIK FAOLLIGI”

geodinamik faollik, Litosferaning geodinamik ekologik funktsiyalari, statistik tahlil, klaster tahlili, Yer qobig‘i, anomaliya, zamonaviy endogen rejimlar

Mualliflar

  • Davron KHUSANBAYEV National University of Uzbekistan Associate Professor of the Department of Geophysics, Uzbekistan
  • Akhmadjon TUKHTASINOV National University of Uzbekistan Head of the Department of Geophysics, Uzbekistan
  • Bohodir MELIBAYEV National University of Uzbekistan Associate Professor of the Department of Geophysics, Uzbekistan

Maqola geologik-geofizik maʼlumotlarni majmuaviy talqin qilish va klaster tahlili usullaridan foydalanib O‘zbekiston hududining
zamonaviy geodinamik faol hududlarini ajratishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot ishida geodinamik faollik Litosferaning geodinamik
ekologik funktsiyalaridan biri sifatida ko‘rib chiqilgan. Geodinamik faollikning asosida zamonaviy endogen rejimlar yotishi, issiq
platforma (Pi), bundan tashqari orogen 1-bosqich (O1), orogen 2- va 3-bosqichlarning tafrogen rejimi (T/O2, T/O3) bilan
almashgan zonalarida kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi asoslab berilgan. U yoki bu endogen rejim natijasida sodir bo‘ladigan havfli
tabiiy jarayonlar va ularning ekologik oqibatlarini prognoz qilish yo‘llari taklif etilgan.