Tabiiy fanlar

FOSFOR-32 RADIONUKLIDI ASOSIDAGI RADIOFARMATSEVTIK DORI VOSITASINING MOLYAR FAOLLIGINI SPEKTROFOTOMETRIK ANIQLASH

fosfor-32, vanadiy–molibden reaktivi, spektrofotometriya, ammoniy vanadat, ammoniy molibdat, kaliy digidrofosfat, molyar faollik.

Mualliflar

  • Lazizbek HAJIEV Falsafa doktori, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti “Radiopreparat” davlat muassasasi yetakchi muhandisi,, Uzbekistan
  • Ilxom SADIKOV Texnika fanlari doktori, professor, akademik, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti direktori, Uzbekistan
  • Аyubxan АBDUKAYUMOV Texnika fanlari doktori, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti “Radiopreparat” davlat muassasai direktori, Uzbekistan
  • Abror RIHSIEV Texnika fanlari doktori, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti “Radiopreparat” davlat muassasai bosh texnologi, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda tashuvchisiz fosfor-32 (³²P) bilan nishonlangan ortofosfat kislota (H₃[³²P]PO₄) ishlab chiqarish jarayonida
preparatning molyar faolligini (Ci/mmol) tezkor baholash uchun vanadiy–molibden reaktivi asosidagi sezgir spektrofotometrik
usul ishlab chiqildi. Fosfat ionining vanadat va molibdat ionlari bilan nitrat kislota muhitida hosil qiladigan sariq fosfor– vanadiy–
molibden (P–V–Mo) kompleksi 410 nm to‘lqin uzunligida maksimal yutilish beradi. Kalibrovka tenglamasi d = 0,07812·n +
0,00783 (n×10 ⁸ mol), R² = 0,9993 bo‘lib, usulning⁻ chiziqliligini tasdiqlaydi. Aniqlash chegarasi (LOD) 0,17 mkg, miqdoriy
aniqlash chegarasi (LOQ) 0,56 mkg, ishchi (chiziqli) diapazon 0,31–4,96 mkg fosforni tashkil etdi. Amaliy namuna uchun molyar
faollik 8410 Ci/mmol bo‘lib, nazariy qiymatdan chetlanish 1,06% ekanligi aniqlandi.