Tabiiy fanlar

Co(II) NING 2,6-PIRIDINDIKARBON KISLOTASI BILAN KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI VA TADQIQI

2,6-piridindikarbon kislotasi (2,6-PDCA, dipic), kobalt(II) atsetat, monokristall.

Mualliflar

  • Yusufjon NAZAROV Xayit TURAYEV Termiz davlat universiteti, Noorganik kimyo kafedrasi katta o‘qit., PhD, Termiz davlat universiteti professori, k.f.d , Uzbekistan

2,6-piridindikarbon kislotasi (2,6-PDCA)ning metall ionlari bilan ta’sirlashishi va uning metallokompleks birikmalarining xossalarini tadqiq qilish maqsadida, kobalt(II) atsetat va monoetanolamin bilan M:L:L 1:2:2 nisbatdagi koordinatsion soni oltiga teng bo‘lgan, yangi kompleks birikmasi olinib, uning monokristali o‘stirildi. Uning tarkibi va tuzilishi RTT yordamida aniqlandi. Kompleks birikmada 2,6-piridindikarbon kislotasi ligandi tridentant holatda koordinatsiyalangan. Hirshfeld sirtini Crystal Explorer17.5 dasturi yordamida tahlil qilindi. Kompleks birikma kristalining IQ-spektri tahlil o‘tkazilib, tegishli bog‘larning tebranish chastotasi kuzatildi.