Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TEMURIYLAR DAVRI QOʻLYOZMA MANBALARI: YARATILISH ANʼANALARI VA TARIXIY AHAMIYATI

Temuriylar davri, qoʻlyozma manbalar, kitobat sanʼati, hattotlik, miniatyura, muqovasozlik, Samarqand qogʻozi, kodikologiya, konservatsiya, restavratsiya.

Mualliflar

  • Nodira SAIDOVA, Kamoliddin Behzod nomidagi, Milliy rassomlik va dizayn instituti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Maqolada 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-son qarori[13] doirasida Temuriylar davri qoʻlyozma manbalarining yaratilish anʼanalari hamda ularning tarixiy-madaniy ahamiyati ilmiy tahlil qilinadi. Kitobat jarayoni ishtirokchilari faoliyati yoritilib, OʻzR FA Sharqshunoslik instituti fondidagi ayrim qoʻlyozmalar kodikologik jihatdan tadqiq etiladi. Natijalar Temuriylar davrida kitobat sanʼatining yuksak darajada rivojlanganini koʻrsatadi hamda ushbu manbalarni ilmiy oʻrganish, konservatsiya va restavratsiya ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini asoslaydi.