O‘ZBEK OILASIDA DESTRUKTIV NIZOLARNI TADQIQ ETISH MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILI

Oilaviy munosabatlar, muammoli vaziyatlar, destruktiv, nizo, mojaro, nikohdagi nizo sabablari

Mualliflar

So‘nggi yillarda jahonda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarda oilaviy munosabatlarda yuzaga keladigan destruktiv nizolar va uning oldini olishda ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga qaratilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifalarni bajarishga yordam berishga yo‘naltirilgan zamonaviy tadqiqotlarda oilaviy munosabatlarda konstruktiv shaxslararo munosabatlarni saqlash va qadrlash, ularni oilani mustahkamlovchi omil sifatida qo‘llash bilan bog‘liq muammolar tadqiq etilmoqda. Mazkur maqolada
o‘zbek oilasida destruktiv nizolar namayon bo‘lish muammosi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, destruktiv xatti – harakatlar, destruktiv xulq, oilada nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablari bayon etilgan.