MAKTAB O‘QUVCHILARIGA DASTURLASH TILLARINI O‘QITISH USULLARI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Informatika, algoritmik fikrlash, algoritmlash, dasturlash, blok-sxema, Python, Scratch, dasturlash tili, mobil ilova

Mualliflar

  • Nozimbek ZARIPOV Buxoro davlat pedagogika instituti doktoranti, PhD, dotsent , Uzbekistan

Ushbu maqola dasturlash tillarini o‘rgatish usullarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan IT-texnologiyalar sohasida sifatli mutaxassislar yetishmasligi bilan izohlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda raqamli texnologiyalar birinchi o‘rinda turadi. Hayotimizni smartfon, shaxsiy kompyuter yoki biron bir sohaga xizmat ko‘rsatadigan dasturiy ta’minotsiz tasavvur qila olmaymiz. Raqamli texnologiyalari jamiyatimizning barcha sohalariga, ayniqsa, tibbiyotda, sog‘liqni saqlash tizimida, axborotni himoya qilishda, ta’limda, filmlar yaratishda, kosmik modellarni loyihalashda va boshqalarda qo‘llaniladi. Shuning boisdan ushbu sohada sifatli mutaxassislar tayyorlash muhum ahamiyatga ega. Ushbu maqolada maktab o‘quvchilariga dasturlash tillarini o‘qitishdagi muammolar tahli qilinadi hamda hal qilish yo‘llari taklif etiladi