TILLA VA KUMUSHNING ZAKOTIGA DOIR ZAMONAVIY MUAMMOLARNING SHAR’IY YECHIMI

Movarounnahr fiqh manbalarida zakot masalasi, tilla va kumush zakoti, dinor, dirham, misqol, shar’iy dirham, tijorat mollari zakoti

Mualliflar

Ushbu maqolada qadimda tovar mahsulotlarini ayirboshlash vositasi hisoblangan tilla va kumush tangalarning XIX asrga kelib qadrsizlanishi, naqd pul hisobidan chiqarilishi, qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi, zakotni tilla va kumush asosida hisoblashning zamonaviy muammolari borasida islom ulamolarining shar’iy yechimlari, qarashlari, yondoshuvlari nimadan iborat ekani tahlil qilindi.