UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA BOLALARNING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Ijodiy qobiliyatlar, ijodkorlik, tasavvur, qobiliyat, mantiqiy fikrlash, tafakkur

Mualliflar

O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi davr madaniyati, ma’rifati, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish bugungi kun talabidir. Ilm fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-aloqa tizimlari, vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasi qo‘yilmoqda. O‘zbekistonning kelajagi va ravnaqi ko‘p tomonlama undagi kadrlarning bilimdonligi, kasb tayorgarligi va ma’naviy yetukligiga bog‘liq. Shu jihatdan qaraganda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar orasida Kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlar muhim o‘rin tutadi. Jumladan, uzluksiz ta’lim borasidagi yo‘riqnomalar har tomonlama yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi.