IQTISODIY VA EKOLOGIK MANFAATLAR MUVOZANATINI IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL QILISH

Iqtisodiy manfaatlar, ekologik manfaatlar, barqaror rivojlanish, yopiq sikl iqtisodi, ekologik dizayn, sanoat inqilobi, ekologik harakatlar, ta’lim va xabardorlik, texnologik innovatsiyalar, muvozanatga erishish to‘siqlari.

Authors

  • Abror ASHUROV University of business and science universiteti katta o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqola iqtisodiy va ekologik manfaatlar o‘rtasidagi muvozanatni ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada
iqtisodiy va ekologik manfaatlar tushunchalari ta’riflanadi, ularning tarixiy rivojiga e’tibor qaratiladi. Zamonaviy yondashuvlar
o‘rganiladi, mavzuga oid tahlillar qilinadi, u asosida xulosaga kelinadi va tegishli tavsiyalar beriladi. Barqaror rivojlanish va yopiq sikl
iqtisodi kabi konseptlar orqali iqtisodiy va ekologik manfaatlarni birlashtirishning ahamiyati bugungi kun nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, qisqa muddatli iqtisodiy foydalar va siyosiy iroda yetishmasligi kabi muvozanatga erishishda to‘siqlar ko‘rib
chiqiladi. Kelajak perspektivalari sifatida ta’lim va texnologik innovatsiyalarni rivojlantirish zarurligi qayd etiladi. Maqola iqtisodiy
farovonlikni saqlash bilan birga atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan kompleks yondashuv zaruriyatini taklif qiladi.