O‘ZBEK VA INGLIZ SARLAVHALARIDA GRAMMATIK KOMPRESSIYANING O‘QUVCHI PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI LINGVISTIK VA PRAGMATIK YONDASHUV

Grammatik kompressiya, o‘quvchi psixologiyasi, sarlavhalar, lingvistik yondashuv, pragmatik yondashuv, madaniyatlararo farqlar, axborot qabul qilish, teskari aloqa, boshqaruv strategiyalari.

Authors

Ushbu maqola o‘zbek va ingliz sarlavhalarida grammatik kompressiyaning o‘quvchi psixologiyasiga ta’sirini lingvistik va pragmatik yondashuvlar asosida tahlil qiladi. Tadqiqotda grammatik kompressiyaning madaniyatlararo farqlari va uning axborotni qabul qilishdagi samaradorligi o‘rganiladi. Ingliz tilidagi sarlavhalarda kompressiya axborotni tez va aniq yetkazishning samarali vositasi sifatida xizmat qilsa, o‘zbek tilidagi sarlavhalarda bu yondashuv o‘quvchilarga qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Tadqiqot natijalari grammatik kompressiyaning psixologik ta’sirini tushunishda, madaniy kontekstni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola teskari aloqa mexanizmlarini optimallashtirishda, shuningdek, til va madaniyatga moslashtirilgan boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.