TURKIY TIL MАNBАLАRI TILIDА “SАXОVАT” KОNSЕPTI TАHLILI

Saxovat, konsept, nazariya, leksema, qadriyat, individual va ijtimoiy farovonlik, xususiyat.

Authors

Saxiylik barcha madaniyatlarda ijobiy xususiyat sifatida qabul qilinadi. Saxiylik tushunchasidagi so‘zlar, matal va maqollar, iboralar bu aql-idrokning hamda madaniyatning aksidir. Mazkur maqolada dunyo lingvomadaniyatida saxiylik konseptinini o‘rganish uchun qaysi so‘z va iboralar ishlatilishini aniqlashga va·ularni semantikasini tasniflashga qaratilgan. Jahonning ilm olamida, shu jumladan, tilshunoslik sohasida “Saxovat” konsepti yuzasidan ilmiy qarashlar tadqiqi yuzasidan bir qancha izlanishlardan ba’zilari tahilga tortildi. Shu bilan birga, Turkiy til manbalari “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘atut turk” , “Hibatul haqoyiq” tilida qo‘llanilgan “saxovat”konseptiga doir leksema va birikmalar: aqї, axїlїq, aqї, aqїlїq, kең еlig, еlgi kең, еlgi аqї kabilarning tahlili berildi.