ABDULLA ORIPOV HAJVIDA DAVR ZIDDIYATLARINING AKS ETISHI

yumor, tanqid, satira, hajvnavislik, ma’rifatparvarlik, pafos, mavzu, g‘oya, mezon, kulgi va yig‘i motivi.

Authors

Ijtimoiy-madaniy hayot silsilalarida avvalo, eng katta janriy-kompozitsion yaxlitlik zamzamalari ma’rifatparvarlik davri ijodkorlari asarlarida bo‘y ko‘rsatib, keyinchalik qat’iy tamoyillarda yanada sayqallana boshladi. Individual xarakterdan ibtidolangan va so‘ngra umumkayfiyatga tutashuvi hajvnavislikning falsafiy-estetik mezonlarini yangilashga zamin hozirladi. Kuchli tanqidiy-psixologik kayfiyat hajviy asarlarning takomillashuviga evrila boshlandi. Bu aynanlik adabiy yo‘nalishlarda yangi-yangi janrlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Shuningdek, insoniy munosabatlarning tig‘izlashuvi, dard va og‘irqlarni yengib o‘tishga yo‘l ochish hajvnavislikning oldida turgan asosiy masalalardan bo’lib, kulgi zamiridagi ziddiyat orqali davr nafasini teran fahmlashga xizmat qiladi.