ENSIKLOPEDIK LUG‘AT MAQOLASINING LEKSIKOGRAFIK TALABLARI XUSUSIDA

Lug‘at, ensiklopediya, ensiklopedik lug‘at, leksikografiya.

Mualliflar

Lug‘atning qanday ommaga mo‘ljallangani ensiklopediyaning muhim parametridan sanaladi. Lug‘at mo‘ljallangan auditoriya har qanday lug‘atning annotatsiyasida ko‘rsatilishi talab etiladi. Lug‘at maqolasi mazmuni va tuzilishi haqida aytilgan fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, mazkur nashr terminologik lug‘at emas, balki ensiklopediya xususiyatini aks ettiradi, chunki ma’lumotlari termin/ tushunchani izohlashga emas, balki ensiklopedik axborot bilan ta’minlashga qaratilgan. Mazkur maqolada ensiklopedik lug‘atlarning o‘ziga xos xususiyatlari, turlari, mazmun-mundarijasi muhokama qilingan.