SUNI’Y INTELLEKT VA TIL KORPUSLARI ASOSIDA ELEKTRON LUG‘ATLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Elektron lug‘atchilik, sun’iy intellekt, til korpuslari, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), leksikografiya, multimodal lug‘atlar, onlayn lug‘atlar.

Mualliflar

Ushbu tadqiqot elektron lug‘atchilik sohasining rivojlanish tendensiyalarini, xususan, sun’iy intellekt va til korpuslari asosida shakllangan lug‘atlarning o‘rnini tahlil qiladi. Zamonaviy lingvistik texnologiyalar va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) usullari lug‘atlarning funksionalligini kengaytirib, ularni foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashuvchan va interaktiv platformalarga aylantirmoqda. Sun’iy neyron tarmoqlar va mashina o‘rganish algoritmlaridan foydalanish leksikografik tadqiqotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada elektron lug‘atlarning ta’lim, tarjima jarayonlari va ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati, shuningdek, multimodal imkoniyatlar va onlayn resurslar bilan integratsiyasi yoritiladi. Tadqiqot natijalari elektron lug‘atchilikning zamonaviy yo‘nalishlari va istiqbollarini ilmiy-nazariy asosda baholashga xizmat qiladi.