Tabiiy fanlar

ALABANDIT MINERALINING ELEKTRON VA MAGNIT XOSSALARINI DFT VA DFT+U USULLARI ORQALI TADQIQ QILISH

DFT, DFT+U, Quantum ESPRESSO, ELF map, elektron tuzilish, magnit xossa, kimyoviy bog‘lanish, magnit moment.

Mualliflar

Ushbu nazariy hisoblash va tadqiqod ishida alabandit mineralining elektron tuzilishi, zaryadlar taqsimoti, magnit momenti va namunada amal qiladigan kimyoviy bog‘lanish turlari, zichlik funksional nazariyasi DFT (Density Functional Theory) va DFT+U (Density Functional Theory plus Hubbard U correction) usullari yordamida o‘rganildi. DFT va DFT+U usullarini bir-biriga nisbatan taqqoslash yordamida DOS (DOS - Density of states) hisoblanganda α-MnS antiferromagnit tabiatga egaligi ma’lum bo‘lib natijaviy magnit momenti ya’ni spontan magnitlanish 0 µB ga tengligi aniqlandi. Lokallashgan elektronlar funksiyasi (ELF) tahlili yordamida namunada kovalent va ion bog‘lanishlar mavjudligi kuzatildi.