Tabiiy fanlar

TRANS-BIS[2-(1H-BENZOTRIAZOL-1-IL) ASETATO-κO]BIS (ETANOLAMIN-κ2N,O) MIS (II) NING KRISTALL TUZILISHI

mis(II), kristall tuzilishi, benzotriazol, monoetanolamin, vodorod bog‘lanish

Mualliflar

  • Shaxnoza KADIROVA Guloy ALIYEVA O‘zbekiston Milliy universiteti professori, k.f.d, Oʻzbekiston Milliy universiteti umumiy va noorganik kimyo kafedrasi dots.v.b., PhD , Uzbekistan

2-(1H-benzotriazol-1-il)sirka kislotasi (HBTA) va monoetanolamin (MEA) ning CuCl2·2H2O bilan reaksiyasi maqsadli [Cu(BTA)2(MEA)2] kompleksining hosil bo‘lishiga olib keldi. Uning asimmetrik birligi karboksil guruhining kislorod atomi orqali Cu2+ kationi bilan koordinatsiyalangan bitta BTA anioni va metall kationini ikkita geteroatom (O va N) bilan xelatlovchi bitta MEA ligandini o‘z ichiga oladi. Ekvatorial Cu-O va Cu-N bog‘larining uzunliklari mos ravishda 2,029 (1) va 1,980 (2) Å ga yaqin, aksial Cu O bog‘i esa ancha uzunroq [2,492 (2) Å], bu Yan-Teller effekti bo‘lgan sistemalar uchun xosdir. MEA ligandining gidroksil guruhi va karboksil guruhining koordinatsiyalanmagan kislorod atomi o‘rtasida ichki molekulyar vodorod bog‘ mavjud. Molekulalararo vodorod bog‘lar uch o‘lchamli supramolekulyar strukturani hosil qiladi.