Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA KOMPETENSIYALAR TRANSFORMATSIYASI

kompetensiya, kasbiy kompetentlik, kelajak kompetensiyalari, kompetensiyalar modeli, kompetensiyalar transformatsiyasi, kreativlik, innovatsiya.

Mualliflar

  • Muhabbatxon MIRSOLIYEVA Oliy ta’lim, fan va innovatsilar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent , Uzbekistan

Ushbu maqolada yangi taraqqiyot davrida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, raqamli transformatsiya va innovatsion rivojlanish jarayonlari tufayli ta’lim sifati, kadrlar kompetentligining mazmuni va ahamiyati qayta qaralib, kasbiy kompetensiyalar transformatsiyasiga bo‘lgan ehtiyoj oshgani tahlil qilinadi. Muallif kompetensiyalar tushunchasining mohiyatini, ularning zamonaviy mehnat bozoridagi ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashda ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, o‘quv dasturlarining kompetensiyaga yo‘naltirilganligi, uzluksiz ta’lim va qayta tayyorlash mexanizmlari haqida fikr yuritiladi. Maqolada kompetensiyalar transformatsiyasining yo‘nalishlari va ularni shakllantirishda davlat ijtimoiy buyurtmasi, ish beruvchilar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ta’kidlanadi.