Ijtimoiy-gumanitar fanlar

METAFORA, O‘XSHATISH VA KINOYANING BILVOSITA TARJIMADA BERILISHI (“DER WEG ZURÜCK” (E.M.REMARK) ROMANINING KIRISH QISMI MISOLIDA)

metafora, o‘xshatish, kinoya, bilvosita tarjima, badiiy tasvir vositalari, qiyosiy tahlil, stilistik figuralar, Erix Mariya Remark, «Ortga yo‘l».

Mualliflar

Mazkur maqolada metafora, o‘xshatish va kinoya kabi badiiy tasvir vositalarining boshqa tillarga bilvosita tarjimasida yuzaga keluvchi muammolar chuqur tadqiq etilgan. Tadqiqot materiali sifatida nemis yozuvchisi Erix Mariya Remarkning “Der Weg zurück” romanining kirish qismi hamda uning rus va o‘zbek tillariga qilingan tarjimalari tanlangan. Maqolada badiiy tasvir va ifoda vositalarining tarjimadagi o‘ziga xos jihatlari, tarjima strategiyalari va mavjud yеchimlar qiyosiy-tahliliy usul orqali ochib berilgan. Olingan natijalar badiiy tarjima nazariyasi va amaliyotiga muhim hissa qo‘shadi.