Ijtimoiy-gumanitar fanlar

EDWARD SAIDNING “ORIENTALIZM” KONSEPSIYASI XUSUSIDA

Edvard Said, Sharqshunoslik, mustamlakachilik diskursi, imperiya, tasvir, postkolonial nazariya, G‘arb akademiyasi, identitet, hokimiyat

Mualliflar

Mazkur maqolada Edvard Saidning ilmiy-nazariy va ideologik qarashlari, xususan uning mashhur “Orientalizm” asariga alohida e’tibor qaratiladi. Unda Said G‘arbning Sharq haqidagi akademik va badiiy tasvirlarini tahlil qilib, Sharqni tasvirlash ortidagi siyosiy va madaniy maqsadlarni ochib beradi. Tadqiqot davomida G‘arb diskursining mustamlakachilik va imperiyachilik zaminlariga urg‘u berilib, Saidning falastinlik kelib chiqishi uning intellektual qarashlariga qanday ta’sir qilgani yoritiladi. Shuningdek, maqolada Said g‘oyalari G‘arb akademik ilm-fanidagi hukmron kuch tuzilmalarini qanday shubha ostiga olgani va postkolonial tadqiqotlarga qanday nazariy asos bo‘lib xizmat qilgani ko‘rsatib beriladi