Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KOREFERENSIYANI QARORLAR DARAXTI YORDAMIDA AVTOMATIK ANIQLASH

Konferensiya, avtomatik, qarorlar daraxti, tasniflash, algoritm, ko‘rsatkich, baholash.

Mualliflar

  • Shahlo ABDISALOMOVA Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Inson ongi vazifalarini kompyuter bajarayotgan bugungi kunda har bir til uchun koreferensiya muammosini bartaraf etish kechiktirib bo‘lmas dolzarb vazifaga aylandi. Ushbu maqola koreferensiya hodisasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda koreferensiyani avtomatik aniqlashning klassifikatsiya bosqichi va bu jarayonda qarorlar daraxti algoritmining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi kichik hajmli matnlar to‘plamida o‘tkazilgan sinov natijalari va uning tahlili ham havola qilinadi.