Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLAR PEDAGOGIKASINING IJTIMOIY-TARBIYAVIY VAZIFALARI VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Yoshlar pedagogikasi, ijtimoiy-tarbiyaviy faoliyat, innovatsion metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, milliy qadriyatlarga tayangan tarbiya, ma’naviy yetuklik, fuqarolik ongini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, tarbiya ishtirokchilari hamkorligi, oila va mahalla o‘rtasidagi uzviy aloqalar.

Mualliflar

Ushbu tadqiqotda hozirgi jamiyat sharoitida yoshlar pedagogikasining ijtimoiy-tarbiyaviy vazifalari, ularning mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati keng qamrovli tahlil qilingan. Tadqiqotda global axborot oqimi, madaniy identitet, ma’naviy inqirozlar sharoitida yoshlar bilan ishlashning pedagogik asoslari ochib berilgan. Jumladan, innovatsion ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini, milliy o‘zlikni, ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish yo‘llari o‘rganiladi. Bunda yoshlar bilan bog‘liq dolzarb masalalar, ularni jamiyat hayotiga moslashtirish jarayoni, tarbiyaviy ishda mahalla, oila va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, zamonaviy pedagogik konsepsiyalar asosida olib borilgan tahlillar o‘z aksini topgan.