Tabiiy fanlar

GERBITSIDLARNING TUPROQ MIKROORGANIZMLARI BIOXILMA XILLIGIGA TA’SIRI

gerbistidlar, mikroorganizmlar bioxilma-xilligi, bo‘z tuproqlar, taksonomik tarkibi.

Mualliflar

Ushbu maqolada Toshkent viloyati Paxtachilik, urug‘chilik va agrotexnologiya ilmiy-tadqiqot instituti Oqqo‘rg‘on ilmiy tajriba stansiyasi paxta maydonlari tipik bo'z tuproqlarida begona o'tlarga qarshi qo'llanilgan gerbistidlarning (A-STOMP, GIANT 330 EC va Chemzlak-18%) mikroorganizmlar bioxilma-xilliginiga ta’siri o'rganilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra A-STOMP va GIANT 330 EC gerbistidlar qo‘llanganda mikroorganizmlarning umumiy miqdori nazoratga nisbatan kamayishi, Chemzlak-18% foydalanganda esa nazoratga nisbatan mikroorganizmlar umumiy miqdorining ko‘payishi qayd etilgan. Ajratib olingan mikroorganizmlarning morfologik-kultural xususiyatlarini o‘rganish davomida ularning taksonomik tarkibi sezilarli darajada farq qilishini aniqlangan. Nazorat va eksperimental variantlarda Bacillus avlodi bakteriyalari dominantlik qilgan.