Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FRANSUZ TILIDAN O‘ZBEK TILIGA O‘ZLASHGAN SO‘ZLARNING EPIDIGMATIK XUSUSIYATLARI TADQIQI

Epidigmatika, re-borrowing, paradigmatik, sintagmatik, grafemik moslashuv, deskriptiv, normativ.

Mualliflar

Mazkur maqolada fransuz tilidan o‘zlashgan so‘zlarning epidigmatik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, o‘zbek tilining izohli lug’ati asosida misollar berilgan. Jumladan, o‘zlashgan so‘zlarning evaluativ birikmalar bilan talab etiladigan yaqinligi, matnlarda ijobiy semantik prozodiyaga ega bo‘lishi yoki ijtimoiy-madaniy norma bilan turli ma’nolar o‘rtasidagi ko‘p qatlamli semantik ajralish epidigmatik hodisalarning tipik ko‘rinishlari ekanligi nazariy manbalar asosida isbotlandi. Fransuzcha o‘zlashmalarning epidigmatik xususiyatlarini aniqlash va modellashtirish o‘zbek tili uchun kamida uch darajada strategik ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.