Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KIBERXAVFSIZLIK TERMINOLOGIYASINING LISONIY TASNIFI VA EVOLYUTSIYASI

kiberxavfsizlik, termin, kibernetika, ta’rif, metafora, evolyutsiya, semantik derivatsiya

Mualliflar

Bugungi kunga qadar terminologiyaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish o‘zbek va xorij tilshunosligida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Bu ijtimoiy-iqtisodiy, fan va texnikaning jadallik bilan rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy axborot hajmining ortib borayotgani tufayli terminologik leksikaning tobora kengayib borish jarayoni bilan izohlanadi. Mazkur jarayon turli sohaga oid terminlarni ilmiy jihatdan o‘rganish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Kiberxavfsizlik terminologiyasi yillar davomida texnologik o‘sish, o‘zgaruvchan tahdidlar va standartlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj sababli sezilarli darajada oshdi. Ushbu maqolada “kiberxavfsizlik” terminining tarixiy ildizlari, ularning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlariga oid masalalar yoritiladi.